ONSIDE | Futbol yangiliklari

Futbolchining faoliyatida inqilob yasagan 15 ta inglizcha transfer

2326 13.04.2021 17:44

Qishki transferlar oynasda “MYU”dan “Vest Xem”ga o’tgan Jessi Lingard faoliyatida sezilarli o’zgarishlar bo’ldi. “Qizil” iblislar zaxira o’rindig’ida o’tirishdan zerikkan futbolchi uchun yangi muhit yaxshi ta’sir qildi.


Sport Optus portal futbolchining faoliyatida o’zgarish yasagan APLdagi 15 ta transferlarni yig’di.


Jessi Lingard (“Manchester Yunayted” – “Vest Xem”)

 

Yanvar oyida “Vest Xem”ga o’tgan futbolchi go’yoki jamoadan haydalgan edi. “MYU” safida mavsum davomida birorta o’yinga tushmagan edi.


Sulsher qo’l ostida Lingard birorta o’yinda maydonga tushmadi – murabbiy unga ishonmasdi. Qiziq, futbolchi 3 ta gol urib, samarali to’p oshirishi amalga oshirganidan keyin murabbiyning fikri o’zgardimikan? Uning yordami bilan “bolg’achilar” oxirgi 35 yil ichida kuchli to’rttalik ichiga kira oldi. Devid Moyes esa shogirdi Angliya terma jamoasiga chaqirilishi uchun qo’lidan kelgan yordamini ayamayapti.


Daniel Starrij (“Chelsi” – “Bolton”)

 

“Chelsi”dagi 26 o’yinida Starrij 1 ta gol udi.


“Bolton”ga o’tgach esa, barchasi o’zgardi. Ijara asosida yangi jamoaga o’tgan futbolchi 12 o’yinda 8 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi. Uning sa’y-harakatlari bilan “Bolton” autsayderlar zonasidan chiqib keta oldi va yuqoriga ko’tarildi.


“Chelsi”da ishlari o’xshamagan Starrij “Liverpul”ga o’tgach, o’zini topgandek edi. “Qizillar” safida 43 o’yinda 32 gol urgan futbolchi Luis Suares bilan ajoyib tandem hosil qilgandi.


Muhammad Saloh (“Roma” – “Liverpul”)

 

“Chelsi”dagi ikki mavsumi davomida Saloh APLda o’z o’rnini topa olmadi. 13 o’yin, 2 ta gol va 2 ta assistentlikni o’z hisobiga yozdirib qo’ydi.


Hozir londonliklar futbolchini qo’yib yuborganidan afsusda. Italiyaga ko’chib o’tgan Saloh “Fiorentina” va “Roma” safida o’zini ko’rsata oldi. “Liverpul”ga o’tgach esa, porlay boshladi. Liganing eng samarali futbolchilaridan biriga aylandi.


Saloh 132 o’yinda 90 ta gol urdi va 2 ta Oltin butsani qo’lga kiritdi. Uchinchisi ham yaqin. Usiz “Liverpul” APL va CHL chempionligini qo’lga kirita olmasdi.


Kevin De Byuyne (“Volfsburg” – “Manchester Siti”)

APLdagi birinchi jamoasi Kevinga 3 ta o’yinda maydonga tushishga ruxsat bergandi. “Chelsi” safida o’zini ko’rsata olmagan futbolchi “Volfsburg”ga o’tib ketdi.


Saloh singari De Bryuyne ham “Chelsi”ning xatosiga aylandi. Germaniyadagi faoliyatidan so’ng Kevin yana Angliyaga qaytdi. “Manchester Siti”da u dunyoning eng yaxshi pleymeykerlaridan biriga aylandi. 2014/15 yilgi mavsumda u 20 ta assistentlikni amalga oshirgan.


APLda yarim himoyachi yuqori darajadagi formasini saqlab qoldi va oxirgi yillarda 19, 16 20 va 10 talab golli uzatmalarni amalga oshirdi. Tarixdagi eng yaxshi o’nta assistentlar ro’yxatiga kirdi, undan oldinda faqat Terri Anri, Eshli Koul va Le Tisse bor.


Romelu Lukaku (“Chelsi” – “Vest Bromvich”)

 

“Anderlext”dan “Chelsi”ga o’tgan futbolchi eng yaxshi hujumchiladan biriga aylanmoqchi edi. Lekin 8 o’yinda birorta gol ura olmagan Romeluga londonliklar ishonmay qo’ydi. Uni “Vest Bromvich”ga ijaraga berib yuboradi.


Yangi jamoasida hujumchi 35 o’yinda 17 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshiradi. “Chelsi”dagilar yana unga e’tibor qaratmadi, Mourinyo Shyurrle, Torres va Eto’oga imkoniyat beraverdi. Keyin esa “Everton”ga ijaraga berib yuborildi.  Yerda 15 ta gol urgan Lukakuni jamoa to’liq sotib oldi.


Keyingi manzil esa “Man Yunayted” va eng yaxshi hujumchilardan biri ekanligini isbotlagan “Inter” jamoalari edi.


Loik Remi (“Kuinz Park Reynjers” – “Nyukasl”)

 

Loik Remi “KPR”ga rekord summa evaziga kelgan div a 14 o’yinda 6 ta gol ura oldi. Bu jamoaga yordam bermadi va ular Chempionshipga tushib ketdi.


Avvaliga “Nyukasl”ga o’tishni xohlamagan futbolchi endi jon deb ularning taklifini qabul qildi.


Yangi jamoasida 14 ta gol va 3 ta assistentlikni amalga oshirdi. U juda yaxshi edi va “Chelsi”ga o’tdi. Bunday o’tishlarning oxiri qanaqa bo’lishini juda yaxshi bilamiz. “Liverpul”ga ham o’tishi mumkin edi, lekin tibbiy ko’rikda qanaqadir muammolar chiqdi.


Rayan Bertrand (“Chelsi” – “Sautgempton”)

 

Rayan – “Chelsi” tarbiyalanuvchisi.O’z jamoasida porlay olmagan futbolchi Londondagi 3,5 yillik faoliyatidan so’ng boshqa jamoaga o’tishni o’ylab qoldi.


Shu vaqtda “Sautempton” eshikni taqillatdi va futbolchini ijaraga oldi. Rayan yangi jamoasi bilan APLda 7-o’rinni egalladi, Yevropa Ligasida qatnashdi va Kubok ligasini qo’lga kiritishiga bir bahya qoldi. Hattoki, Yevro-2016 uchun Angiya qaydnomasiga ham kiritildi.


Kurt Zuma (“Chelsi” – “Everton”)

 

Zuma 2014-yildan buyon “Chelsi”da ekanligiga ishonish qiyin.


Fransuz 23 o’yindan 15 tasida qatnashdi. Konte kelishi bilan uning ishlari yomonlashdi.2016/17 yilda u 9 marta maydonga tushdi.


Keyin esa “Stok Siti”ga o’tishga rozilik bildirdi. Keyingi yilda esa “Everton”da paydo bo’lgan himoyachi nihoyat o’z jamoasini topdi. Endi “Chelsi” uni qaytarib olishiga ishonch bor edi.


Zuma “Everton”da juda yaxshi o’yin ko’rsatdi, hattoki, gol ham urdi. Londonliklar futbolchini ortga qaytarishdi. Lempard qo’l ostida o’tgan mavsumda 28 o’yinda maydonga tushdi, ushbu mavsumda esa 16 ta. Tuxel unga ishonch bildiradimi-yo’qmi bu boshqa masala.


Patrik Bemford (“Midlsbro” – “Lids Yunayted”)

 

Bemford APLda birinchi golini kiritishi uchun 26 ta o’yin kerak bo’ldi.


“Kristal Pelas”, “Norvich”, “Byornli” va “Midlsbro”da o’z o’rnini topa olmagan futbolchi nihoyat “Lids”da porlay oldi. U faoliyatini tugatishga ham yaqin qolgand.


Bemfordning 16 ta goli jamoani APLga chiqishiga yordam berdi. Yuqori divizionda u yo’qolib qoladi deyishandi. Lekin 13 ta gol urdi. U jamoaning eng yaxshi to’purari.


Vilfrid Zaa (“Manchester Yunayted” – “Kristal Pelas”)

2013-yilda “Yunayted“ “Pelas”dam 10 mln funt evaziga Zaani sotib olgan edi. U APLda hali o’ynamagan edi. CHempionshipda porlagandi. Devid Moyes esa unga imkoniyat bermadi.


Hujumchi sobiq jamoasiga qaytdi. 3 mln funt to’lagan “Pelas” Angliyadagi eng yaxshi vingerlardan birini qaytarib oldi. Agarda u “MYU”da qolganida hozir chempionlik uchun kurashayotgan bo’lardi.


Ross Barkli (“Chelsi” – “Aston Villa”)

 

Ross “Everton”da almashtirib bo’lmas futbolchi edi. 20 yoshida Liganing eng yaxshi futbolchilaridan biri edi.


Uning eng yaxshi mavsumi 2015/16 yilgi mavsumga to’g’ri keladi. U APLdagi barcha o’yinlarda maydonga tushadi va 8 ta gol urdi, sheriklariga 8 ta uzatmani amalga oshirdi. Keyin esa “Chelsi”a 15 mln funt evaziga o’tib ketdi. Yangi jamoasida porlay olmadi. O’zini ko’rsata olmagan futbolchini ijaraga berib yuborishdi. Hozir u “Aston Villa”da yetakchilardan biri.


Mettyu Eterington (“Vest Xem” – “Stok Siti”)

 

Mettyu Eterington “Tottenxem”da faoliyatini boshlagan, lekin 2003-yilda “Vest Xem”ga ko’chib o’tdi.


Avvaliga hammasi yaxshi edi, 2004-yilda yil futbolchisi nomini qo’lga kiritdi. Uning xizmatlari nafaqat APLda ish berdi, balki Angiya Kubogi finaliga ham chiqishga yordam berdi.


Keyinchalik ishlari yurishmagan Mettye 2 mln evaziga “Stok Siti” safiga o’tib ketdi. Yangi jamoasida almashtirib bo’lmas futbolchiga aylandi, hattoki, Yevropa ligasiga ham chiqdi.


Robert Xut (“Stok Siti” – “Lester”)

 

Xutning hisobida 2 ta ajoyib o’tish bor.


Dastlab, “Midlsbro”ni tark etishga qaror qilgan futbolchi “Stok”ning yetakchilaridan biriga aylandi. Keyin esa jarohatlar uni qiynadi va “Lester”ga ijara asosida o’tib ketdi. “Tulkilar” futbolchini 4 mln evaziga to’liq sotib oldi.


Xut bilan birga “Lester” sensatsion chempionlikka erishdi.


Jonni Evans (“Manchester Yunayted” – “Vest Brom”)

 

Jonni “MYU” bilan 3 APL chempionligi va bitta CHL g’olibligini qo’lga kiritdi. Lekin jamoadagi oxirgi 18 oyini hech kim eslay olmaydi. Zaxira o’rindig’ida qolib ketayotgan Evans ketish payti kelganini tushunadi.


Lui Van Gal uning ketishiga qarshilik qilmadi va Jonni “Vest Brom”ga ko’chib o’tdi. Futbolchining transfer bahosi 6 mln funtni tashkil etdi. Fergyuson uni shunchaki qo’yib yuborishganiga hayron qoladi. Evans yangi Rio Ferdinand bo’lishi kerak edi.


Mark Olbrayton (“Aston Villa” – “Lester Siti”)

 

“Aston Villa”dagi oxirgi 2 mavsumida Mark maydonga 28 marta tushdi. Umumiy hisobda 101 o’yin o’tkazgan futbolchi 2014-yilda jamoani tark etdi.


Yarim himoyachi “Lester”ga o’tdi va APL kubogini qo’lga kiridi. Klaudio Ranyeri futbolchini juda ham qadrlar edi.


31 yoshli futbolchi jamoaning asosiy futbolchilaridan biri.


Dadaxon Xasanov tayyorladi