ONSIDE | Futbol yangiliklari

Aguerosiz ancha qiyin bo’ladi. Lekin Holand – “Siti”ning kelajagi

1408 16.04.2021 14:06

Serxio Agueroning “Manchester Siti” uchun qanchalik muhim ekanligini ta’riflab bera olmaymiz. APL legionerlari ichida eng yaxshi futbolchi, “Siti”ning eng yaxshi to’purari, qisqa qilib aytganda – afsona. Uni nafaqat hurmat qilishadi, balki, sevishadi ham.  “Siti” yetakchisisiz qanday ko’rinish oladi, buni tasavvur qilish qiyin. Lekin bu juda yaqin.


Tribunalar bo’sh bo’lsa ham, millionlab muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda “Siti”ning o’yinlarini diqqat bilan tomosha qilishadi. Aguerodan gol kutishadi. Chunki o’tayotgan har bir o’yin Serxio uchun oxirgisi o’yinlar hisoblanadi.


Terma jamoa yig’inlari yakuniga yetgach, “shaharliklar” kutilmagan yangilikni e’lon qilishdi: Kun Aguero mavsum so’nggida jamoani tark etadi. Jamoa 2011-12 yilgi mavsumdagi chempionlik tarkibidagi oxirgi futbolchisi bilan ham xayrlashmoqda.


Jamoa muxlislari jarangdor xarlashish marosimlariga ko’nikib qolishgan. Har mavsumda qaysidir buyuk futbolchi jamoani tark etadi – Pablo Sabaleta, Yaya Ture, Vensan Kompani va David Silva. Endi esa yanada og’riqli xayrlashish kutyapti ularni.


Agarda qolish varianti bo’lganida Aguero qolish haqida o’ylab ko’rardi. Lekin qaror qabul qilinib bo’lingandi. Uning jarohati jiddiy edi va rahbariyat endi futbolchi oldingi formasini tiklay olishiga ishonmayapti. Mish-mishlarga qaragadan Serxio jamoani tark etsa ham, uning haykali stadionda qoladi.


Futbolchining yaqinlari ham bu xabardan hayratga tushishmadi. Argentinalik futbolchi allaqachon boshqa jamoaga o’tish haqida o’ylab yurgan edi. Unga Italiya jamoalari qiziqyapti, uni ustiga “Barselona” asosiy da’vogarlardan.

Uning ketishiga qanaqadir sabablarni izlash noto’g’ri. Bitta sabab, jarohatlangan futbolchi oldingi formasiga qayta olmasligi. Pep Gvardiola endi juda katta muammoga duch keldi: hujumchining o’rnini kim bosa oladi?


“Shaharliklar”ning transferlari siyosati doim ham o’zini oqlamagan: Aleksis Sanches, Jorjinyo, Garri Maguayr, Frenki De Yonglar Manchester futbolchisiga aylanishi mumkin edi. Ammo bu amalga oshmagan. Lekin Gyundogan, Bernardu Silva, Ederson, Ake, Torres kabi futbolchining arzon narxga sotib olgan.


Agueroning o’rniga kim keladi? Holand nomi oxirgi paytlar juda ko’p jaranglayapti. “Siti” rahbariyati Alf-Ing bilan muzokaralalarni boshlagan. Holandning otasi 2000 dan 2003 yilga qadar “Siti” sharafini himoya qilgan. Uni ustiga Erling ham “Borussiya”dan ketishni istayapti.


Boshqa variant yo’q. Holandni Agueroga doimo taqqoslashardi. Ana shu taqqoslashni endi amalda sinash vaqti keldi. Bu Jezus uchun nohaqlik bo’lishi mumkin. U asosiy tarkibga kira olmayapti. Doimo Agueroning soyasida qolib ketgan futbolchi, endi Holandga asosiy tarkibdan joy berilishini kuzatishi mumkin.


Biz esa Agueroning ketish marosimini tomosha qilamiz. Aprel oyida u “Borussiya”, “Chelsi”, “Lids” kabi jamoalarga qarshi maydonga tushib, o’zini ko’rsatishi mumkin. Kelajakda esa u qaysi jamoani tanlashi noaniq. Nima bo’lgan taqdirda ham, Serxio istalgan jamoaning asosiy tarkibidan bemalol o’rin egallay oladi.


Dadaxon Xasano tayyorladi