ONSIDE | Futbol yangiliklari

Pogba Sulsher va Mourinyo o'rtasidagi farqni aytdi

2919 16.04.2021 15:56

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba bosh murabbiy Ole Gunnar Sulsherni "MYU"ning avvalgi ustozi Joze Mourinyo bilan taqqosladi. 


"Sulsher bilan hamma narsa boshqacha, u futbolchilarga qarshi chiqmaydi. U futbolchini tarkibga kiritmasligi mumkin, ammo u endi go'yoki yo'qdek undan yuz o'girmaydi. Mourinyo va Sulsher o'rtasidagi farq shu. Bir paytlar Joze bilan munosabatlarim yaxshi bo'lgan va hamma buni ko'rgan.

 

Keyin ertasi kuni keladi va siz nima bo'lganini tushunmaysiz. Men ushbu g'alati voqeani Mourinyo bilan birga boshdan kechirdim va buni tushuntirib berolmayman, chunki buni o'zim ham tushunmayapman", - deydi Pogba. 

 

Ma'lumot uchun, Mourinyo 2016-yildan 2018-yilgacha "Manchester Yunayted"ni boshqargan. Uning boshchiligida "qizil iblislar" Yevropa Ligasida g'olib chiqishdi va Angliya Liga Kubogi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritishdi.