ONSIDE | Futbol yangiliklari

Luis Suares sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

3598 16.04.2021 16:20

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Luis Suares ushbu yozda "matraschilar" safini tark etishi mumkin. Gap shundaki, urugvaylik futbolchi yana "Enfild"ga qaytishi mumkin.


"Liverpul"ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh jamoani tark etgan taqdirda uning o'rnini Luis Suares egallashi mumkin.


Eslatib o'tamiz, urugvaylik forvard mersisaydliklar safida 2011-yildan 2014-yilgacha to'p surgan. Hozirda futbolchi 34 yoshda bo'lishiga qaramay, u eng xavfli hujumchilardan biri sifatida qaralishda davom etmoqda.


Luis Suares joriy mavsum La Ligada 32ta o'yin o'tkazib 19ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.