ONSIDE | Futbol yangiliklari

A Seriyaning yana bir jamoasi Buffon bilan shartnoma imzolamoqchi

665 16.04.2021 16:27

"Atalanta" "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffonni jamoaga taklif qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi tvitterda jurnalist Nikolo Skira. Buffon Pirloning ishonchidan ko'ngli qolgan va "Yuventus"ni ikkinchi marta tark etishni rejalashtirmoqda. "Atalanta" rahbariyati 2 yil oldin ham faxriysi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rgan, ammo transfer amalga oshmagan. 


Agar jamoa bir qator klublar qiziqish bildirayotgangan asosiy darvozabon Perluiji Gollini yo'qotsa, "Atalanta" Buffonga rasmiy taklif bilan chiqadi. 43 yoshli darvozabonning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan. Ushbu mavsum A Seriyada italiyalik gokliper 6 ta o'yin o'tkazib,  faqat bitta gol o'tkazib yubordi.