ONSIDE | Futbol yangiliklari

Pul kerakmi? Qatar yoki Xitoyga borish shart emas. "Boyvachcha" "Nyukasl" sizni kutmoqda!

4876 20.10.2021 14:09

Transfer oynasi ochilganda, "Nyukasl" odatdagidek harakat qilmaydi.  Abadiy tejamkor klub nihoyat oʻz tarkibini Yevropaning eng kuchli futbolchilari bilan mustahkamlashga tayyor.  Yaqinda Jeymi Rednapp "Nyukasl"ga katta transfer oynasi kerakligini aytdi, bu vaqtda klub yangi jamoasini tuzish uchun bir nechta oʻyinchini sotib olishi mumkin boʻladi.
Xoʻsh, kelayotgan transfer oynasida kim "boyvachcha" klub safiga kelib qoʻshiladi? Keling birgalikda koʻrib chiqamiz.


Filipe Koutinyo ("Barselona")

Balki bu "Manchester Siti" Robinyo bilan shartnoma imzolagan paytga oʻxshagan transfer boʻlardi.  Robinyo singari Filipe Koutinyo ham texnik braziliyalik.  Va xuddi Robinyo singari, Koutinyo ham muvaffaqiyatga kafolat bermasligi mumkin, chunki uning formasi anchadan beri yaxshi holatda emas.


"Barselona" moliyaviy ahvolini hisobga olib, yuqori maosh oladigan futbolchini sotishdan manfaatdor, shuning uchun Koutinyo qishda jamoasini oʻzgartirishi mumkin.  Shuni unutmasligimiz kerakki, braziliyalik futbolchi ilgari Premyer-ligada eng yaxshi oʻyinini koʻrsata olgan edi.  Biroq, Koutinyo oʻziga u qadar ham ishonmaydi va uning atrofida yetakchilikni oʻz zimmasiga oladigan boshqa futbolchi boʻlmasligi mumkin.
 

Frank Kessi ("Milan")

"Milan" asta -sekin kuchayib bormoqda, bunda jamoaga Frank Kessi katta yordam berdi.  Hozircha yarim himoyachining kelajagi haqida koʻp taxminlar bor, chunki xabarlarga koʻra, Kessi "rossonerilar" bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti.


Futbolchi "Nyukasl Yunayted" yarim himoyasini ancha kuchaytirishi mumkin.  Kot-dʼIvuarlik yarim himoyachi  ingliz klubida Chempionlar Ligasi darajasida jamoa tuza oladigan oʻyinchi boʻlardi.  Koutinyodan farqli oʻlaroq, Kessi kelajak uchun qilingan transfer boʻlishi ham mumkin.


Lautaro Martines ("Inter")

Agar "Nyukasl" yanvarda transfer inqilobini amalga oshirmoqchi boʻlsa, ular Lautaro Martinesni oʻz saflariga qoʻshib olishga harakat qilishlari mumkin.  A Seriyaning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblangan argentinalik hali yangi shartnoma tuzmagan klubi  - "Inter"ni tark etishi mumkin.  Uning kelajagi haqidagi turli  mish-mishlar uzoq vaqtdan beri aylanmoqda.


Martines avvalroq "Barselona" yoki "Manchester Siti" safida boʻlish imkoniyatiga ega edi.  Katta ehtimol bilan u Chempionlar ligasidan tashqaridagi jamoaga oʻtmaydi.  Ammo agar "Nyukasl" unga kelajakning kuchli jamoasida markaziy oʻrinni kafolatlay olsa, yana kim biladi deysiz.


Aaron Remzi ("Yuventus")

"Yuventus" "Nyukasl"ning yangi xoʻjayinlariga Aaron Remzi masalasida qoʻngʻiroq qilgan.  Uelslik yarim himoyachi Turinda oʻz oʻrnini topishga qiynaldi, ammo natijasi boʻlmadi.  Yaqinda u yana Premyer-ligaga jalb qilindi.  Nega endi "Nyukasl" harakat qilib koʻrmasligi kerak?


Remzi ingliz klubi yarim himoyasini ancha kuchaytiradi va markaz orqali hujumlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.  U allaqachon Premyer-ligada oʻzini namoyon qilgan va Italiyadagi muvaffaqiyatsiz mavsumlardan keyin uning isbotlashi kerak boʻlgan narsalari anchagina.  U tez -tez jarohat oladi, lekin isteʼdod hali ham saqlanib qolgan.


Donni van de Bek ("Manchester Yunayted")

Donni van de Bek "Ayaks"dan ketgandan keyin ham "Manchester Yunayted"ning kichik boʻgʻini boʻlgani uchun, ehtimol, "Nyukasl" uni nishonga olgan boʻlishi mumkin.  24 yoshida van de Bek oʻz faoliyatini boshlaganida koʻrsatgan salohiyatini yoʻqotishga hali ulgurmadi.


Van de Bekga qaysi murabbiy bilan ishlashi haqida kafolat kerak boʻladi: u oʻzini toʻpga egalik qilishni yoqtiradigan jamoada yaxshi his qiladi.  Bir narsa aniq: u yangi klubda "qizil iblislar" safidadagi oʻrnidan koʻprogʻiga munosib ekanligini isbotlash uchun hamma narsani qiladi.


SHAXBOZ Qaxxorov tayyorladi