ONSIDE | Futbol yangiliklari

Manba: Mbappe yakuniy qarorni qabul qildi. U yangi jamoaga o'tadi

5553 27.10.2021 14:38

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga ketish borasida yakuniy qarorga keldi, deya xabar beradi "Madrid Xtra" nashri jurnalist Janluka Di Marsio ma'lumotiga tayanib. Manbaga ko'ra, 22 yoshli fransuz madridliklar klubi bilan shartnoma bo'yicha kelishib olgan, ammo 2022-yilning fevraligacha shartnoma imzolay olmaydi. 


Qayd etilishicha, faqatgina kutilmagan hodisalar Mbappeni fikrini o'zgartirishga majbur qilishi mumkin. 2021/22-yilgi mavsumda Mbappe "PSJ" tarkibida 14 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub amaldagi shartnomasi 2022-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.