ONSIDE | Futbol yangiliklari

Venger: "Jamoa Ronalduning atrofida muvozanatni yaratishi kerak"

1448 27.10.2021 14:54

"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi o'yini haqida gapirdi. 


"Men uning o'tishini xato deb aytmagan bo'lardim, lekin bu albatta, hissiy ta'sir ko'rsatdi, chunki u fantastik futbolchi edi. Yo'q, Ronaldu hali kerakli gollarni ura olishiga ishonaman. U har bir o'yinni juda yuqori intensivlikda o'tkaza oladimi? 


Bu, albatta, bugungi kunda emas, lekin uning uch kun oldin qahramon bo'lganini unutmaylik. Ronaldu siz uchun o'yinlarda g'alaba qozonishi mumkin, lekin siz uning atrofida muvozanatni yaratishingiz kerak", - deydi Venger. 


Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Ronaldu 6 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinda 3 ta gol ham bor.