ONSIDE | Futbol yangiliklari

JCh-2022 o'yinlarida yangi tizim qo'llanilishi mumkin

2121 27.10.2021 15:36

"Hawk-Eye" FIFAga o'yindan tashqari holatni aniqlashning avtomatik tizimi ishga tayyorligini aytdi, deb yozmoqda "The Times" nashri. Tizim Qatarda bo'lib o'tadigan 2022-yilgi jahon chempionatida qo'llanila boshlaydi.


FIFA futbolning yangi qoidalarini ishlab chiqayotgan Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashining (IFAB) texnik va futbol komissiyalari yig‘ilishida avtomatik ofsayd texnologiyasining so‘nggi ishlanmalari haqida ma’lumot bermoqchi. "Hawk-Eye"ning o‘yindan tashqari holatini avtomatik aniqlash tizimi hakam yordamchisiga (VAR) lahzali xabar yuboradi, so‘ngra u ofsaydda qolgan futbolchi masalasini hal qiladi.