ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Bavariya" qishda Ramosni sotib olishga harakat qiladi

2470 27.10.2021 15:47

Nufuzli Yevropa manbalarining xabariga ko'ra, "Bavariya" qishda "Benfika" hujumchisi Gonsalo Ramosni sotib olishga harakat qiladi. Futbolchi faqat joriy mavsumda asosiy tarkibga o'tgan bo'lsa-da, 12 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi.


20 yoshli futbolchi hozircha atigi sakkiz million yevroga baholanmoqda. Portugaliyalik futbolchining "Benfika" bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo'ljallangan. "Bavariya" Levandovskining kelajagi noaniqligini hisobga olib, hujum chizig'i uchun yangi nomlarni qidirishda davom etmoqda. Polyak yozda klubni tark etishi mumkin.