ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Tottenhem" jamoadagi eng katta maoshlardan biriga ega "parazit"dan qutilmoqchi

5381 27.10.2021 16:27

Britaniya matbuoti xabariga ko'ra, Dele Allining "Tottenhem"dagi pozitsiyasi allaqachon tanqidiy tus olmoqda. Futbolchi transferga qo'yilishi mumkin. Mavsum arafasida bosh murabbiy Nunu Santu Alliga faoliyatini qayta boshlash imkoniyatini berdi, ammo futbolchi avvalgi darajasiga qayta olmadi.


Dele so'nggi uchta o'yinda zaxirada qoldi. Yarim himoyachi jamoadagi eng katta maoshlardan biriga ega. Uning shartnomasi 2024-yilgacha amal qiladi. "Shporlar" qishda futbolchidan qutulishni o'ylamoqda.