ONSIDE | Futbol yangiliklari

Lyorente ispan klubi bilan dastlabki kelishuvga erishdi

1075 27.10.2021 17:03

"Eybar" matbuot xizmati hujumchi Fernando Lyorente bilan dastlabki kelishuvga erishganini ma'lum qildi. Futbolchining shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar imzolanadi. Ayni damda ispaniyalik tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.

 

Llorente Bilbaoning "Atletik", "Yuventus", "Sevilya", "Suonsi", "Tottenhem", "Napoli" va "Udineze" klublarida o'ynagan. Uning hisobida Ispaniya terma jamoasida 24 ta o‘yin va 7 ta gol bor.