ONSIDE | Futbol yangiliklari

A Seriyadagi shubhali transferlar bo'yicha ish ochildi

1523 27.10.2021 17:48

Italiya federal prokurori Juzeppe Kuine Italiya chempionatidagi 62 ta shubhali transfer bo'yicha ish ochdi. "La Repubblica" nashrining xabariga ko'ra, prokurorlar o'yinchilar narxining oshirib yuborilishi hisobiga klublar uchun almashuv va katta daromadlarni tekshirmoqda.
 

Shubhali bitimlarning aksariyati “Yuventus”ga tegishli – 42 ta transfer, ularda 21 nafar futbolchi 90 million yevroga almashtirilgan. Shuningdek, Viktor Osimhenning “Lill”dan “Napoli”ga o‘tishi ham ko‘rib chiqilmoqda.  Bir futbolchi evaziga "Lill" "Napoli"ning 4 nafar futbolchisini 20 million yevroga olgan edi.