ONSIDE | Futbol yangiliklari

Konor Makgregor: "Sulsher - abadiy, ammo uning rolini o'zgartirish kerak"

1074 27.10.2021 18:15

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor tvitterdagi sahifasida Ole-Gunnar Sulsherning "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh qoldirdi.


"Manchester Yunayted"ning muammosi shundaki, jamoa shunchaki bir guruh bir-birlari bilan muloqotda bo‘ladigan tengdoshlar yig'indisi. Ular yuqori maqomga ega bo'lgan kishi tomonidan boshqarilishi kerak. Ronaldu o'ynagan paytda Sulsher zaxira o'rindig'ida edi. Ular teng sharoitda. Men Sulsherni yaxshi ko'raman va hurmat qilaman, lekin mening fikrimcha, uning rolini o'zgartirish kerak", - deydi Konor.


Muxlislardan biri Makgregordan Sulsherni ishdan bo'shatish kerakmi, deb so'radi, irlandiyalik jangchi ochiqchasiga javob berdi: "Hech qachon, ahmoq.  Ole - abadiy! Faqat uning rolini sozlash kerak".  Eslatib o‘tamiz, keyinchalik Makgregor o‘z xabarlarini o‘chirib tashlagan.