ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Oltin to'p" sohibiga ovoz berish natijalari aks etga surat paydo bo'ldi. Levandovski...

5939 27.10.2021 18:34

Twitter’da “Oltin to‘p” egasiga ovoz berish natijalari aks etgan hujjat surati paydo bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski qimmatbaho mukofotni oladi.


Ikkinchi o'rinni "PSJ"ning yangi o'yinchisi Lionel Messi egalladi. Kuchli uchlikni “Real Madrid” hujumlari yetakchisi Karim Benzema yakunlab bergan. Eslatib o‘tamiz, “Oltin to'p” egasiga ovoz berish 24-oktabr kuni rasman yakuniga yetgan edi. G‘olib nomi 29-noyabr kuni Parijdagi tantanali marosimda e’lon qilinadi.