ONSIDE | Futbol yangiliklari

Fransiya chempioni "Real" darvozaboni bilan shartnoma imzolamoqchi

1255 27.10.2021 19:04

"Lill" "Real" darvozaboni Andrey Luninga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Fichajes" nashri ma'lum qildi. Kiperning o'zi ham Fransiyaning amaldagi chempioni bilan shartnoma imzolashga qarshi emas. Ukrainalik futbolchi o'z navbatida o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani uchun "Real"ni tark etmoqchi.


Qo'shimcha o'rnida, "Lill" Lunin uchun yagona da'vogar emas. Ukrainalik futbolchining xizmatlariga “Lill”dan tashqari “Espanyol” va “Granada” ham qiziqish bildirmoqda.