ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Monako" himoyachisi "Barselona" nishonida

930 27.10.2021 20:12

"Monako"ning chap qanot himoyachisi Enrike Kayo faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Yevropa ommaviy axborot vositalari yozmoqda. "Barsa" skautlari Kayoning harakatlarini kuzatib borishmoqda. Qayd etilishicha, “blaugranas” qishki transfer oynasi ochiladigan yanvar oyida braziliyalikfutbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.


2021/2022-yilgi mavsumda Enrike Kayo monegasklar safida Fransiya chempionatida 10 ta o‘yin o‘tkazib, shaxsiy hisobiga 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Kayoning transfer narxi 16 million yevroga baholanmoqda.