ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Real Madrid" katta yubiley arafasida

3488 27.10.2021 21:04

"Real Madrid" bugun tunda o'zining tarixidagi 2500-g'alabasini qo'lga kiritishi mumkin. Buning uchun "qaymoqranglilar" "Osasuna"ni mag'lub etishlari kerak. Real Madrid" o'z tarixidagi 119 yil davomida 2499 ta o'yinda g'alaba qozongan. "Blankos" yana 808 o'yinda durangga erishgan bo'lsa, bahsda 916 ta mag'lubiyatga uchragan.


Ispaniya La Ligasining "Real Madrid" - "Osasuna" uchrashuvi bugun tunda "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:30 da start oladi.