ONSIDE | Futbol yangiliklari

Ramosning debyut sanasi "PSJ"ga ham noma'lum

575 27.10.2021 21:45

"PSJ"ning yangi futbolchisi Serxio Ramos hali ham umumiy guruhdagi mashg'ulotlarni davom ettirgani yo'q. Bu haqda "Cadena SER" nashri xabar beradi. Ramos individual dastur ustida ishlashda davom etmoqda. Tajribali himoyachi yozda olgan jarohatidan forig' bo'lish harakatida. Parij klubi Ramosning safga qaytishining aniq sanasini ayta olmaydi.


Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos iyul oyida "Real"dan "PSJ"ga o'tgan edi. "Blankos"ning sobiq sardori yangi jamoasi bilan hali biror marta ham o'yin o'tkazmagan.