ONSIDE | Futbol yangiliklari

Azmun uchun kurashga A Seriya grandi ham qo'shildi

1699 27.10.2021 21:53

"Yuventus" "Zenit" hujumchisi Serdar Azmunga da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda "Le Quotidien" nashri xabar beradi. Sankt-Peterburg klubi hujumchisiga “Yuve”dan tashqari “Betis” ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, “Zenit” Azmun transferidan 20 million yevro ishlab olmoqchi.


Eslatib o'tamiz, Serdar Azmunning "Zenit" bilan shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchi Yevropa chempionatlaridan birida o‘zini sinab ko‘rish istagi haqida bir necha bor ishora qilgan