ONSIDE | Futbol yangiliklari

Narxi osmon yulduzlar. Bugunning eng qmmat 8 futbolchisi haqida

13641 08.11.2021 21:03

Transfer bozori hech qachon barqaror boʻlmaydi.  Oʻyinchilar narxi tez-tez oʻzgarishi mumkin. Bu futbolchining muvaffaqiyati, uning jamoadagi roli, qoʻlga kiritgan unvonlari va boshqa koʻp narsalarga bogʻliq.  Transfermarkt muntazam ravishda oʻyinchilarning narxlarini yangilab turadi, portal bu ishni bir necha kun oldin ham qilib ulgurdi. Keling, birgalikda 100 million yevro va undan yuqori narxga baholanayotgan dunyoning eng qimmat 8 nafar futbolchini koʻrib chiqamiz.


Kevin De Bruyne
Klub: "Manchester Siti"
Yoshi: 30 yosh
Transfer qiymati: 100 million yevro

De Bruyne doimiy ravishda yuqori saviyasini saqlab turibdi. 2018 yilning may oyidan 2020-yilning apreligacha futbolchining transfer qiymati 150 million yevroni tashkil qilgan. Bu uning faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkich edi.  Hozirgacha belgiyalik futbolchining narxi 50 milliongacha tushib ketgan, ammo baribir u eng qimmatlilar qatorida qolmoqda.  May oyidan beri yarim himoyachining hozirgi narxi oʻzgarmadi. 


Ayni damda De Bruyne dunyoning eng qimmat hujumkor yarim himoyachisi va “Manchester Siti”ning eng qimmat futbolchilaridan biri hisoblanadi.  Qolaversa, Kevin Premyer-ligadagi eng qimmat besh futbolchidan biri.  Belgiyalik yarim himoyachi maʼlum muddat shunday reytinglarda qoladi, deyishga barcha asoslar bor.


Neymar
Klub: "PSJ"
Yoshi: 29 yosh
Transfer qiymati: 100 million yevro

Soʻnggi paytlarda Neymarning transfer narxi asta-sekin pasayib borayotgani sezilmoqda. 2017-yilning oktyabridan 2019-yilning dekabrigacha braziliyalik futbolchi 180 million yevroga baholangan edi.  Bu uning faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. Oʻshandan beri futbolchi muntazam ravishda, qadrini yoʻqotib keladi. 


May oyidan beri "PSJ" vingeri yana 10 millionga arzonlashdi, ammo bu uning yuqori pogʻonada qolishiga toʻsqinlik qilmayapti.  Ayni damda Neymar eng qimmat braziliyalik futbolchi, Parij klubidagi ikkinchi va Liga 1da ham ikkinchi eng qimmat futbolchi. Bundan tashqari, u vatandoshlari reytingida eng yaqin taʼqibchidan 75 million yevroga oldinda.


Muhammad Saloh
Klub: "Liverpul"
Yoshi: 29 yosh
Transfer qiymati: 100 million yevro

Saloh bu roʻyxatga 10 million yevroga arzonlashgan holda kirdi.  Ammo keyingi reytingda misrlikning koʻrsatkichi hozir qanday shaklda ekanligidan kelib chiqib, yaxshilanishi mumkin.  Ehtimol, "qizillar" vingeri 2018-yilning mayidan 2020-yilning apreligacha boʻlgan muddatdagi narxiga qaytishi mumkin. Oʻshanda futbolchi 150 million yevroga baholangan va bu uning faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkich edi. 


Ammo oʻsha qiymatdan 50 millionga arzonlashgan Saloh hozir ham eng qimmat misrlik futbolchi, "Liverpul"ning eng qimmat futbolchisi va Premyer-liganing eng qimmat oʻyinchilaridan biri.  Bundan tashqari, Muhammad Neymar bilan birga 1992-yilda tugʻilgan eng qimmat futbolchilar reytingida ham yetakchilik qilmoqda. 


Romelu Lukaku
Klub: "Chelsi"
Yoshi: 28 yosh
Transfer qiymati: 100 million yevro

"Inter"ni tark etgach, Lukaku 10 million yevroga qimmatlashdi.  Ammo aynan “neradzurrilar” safidagi oʻyinlari evaziga belgiyalik futbolchi 100 millionga koʻtarildi, bu uning faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkichdir.  Hujumchining avvalgi transfer rekordi 2019-yilning dekabrida oʻrnatilgan edi. Oʻshanda futbolchi 90 million yevroga baholangan. 


Hozirda Romelu "Chelsi"ning eng qimmat futbolchisi, dunyoning toʻrtinchi eng qimmat markaziy hujumchisi va Premyer-ligadagi eng qimmat besh futbolchidan biri.  Bundan tashqari, Lukaku De Bruyne bilan birga Belgiya terma jamoasining eng qimmat futbolchilari sanaladi. "Chelsi"dagi oʻyinlar mobaynida hujumchining transfer narxi qanday oʻzgarishini esa birgalikda koʻrib boramiz.


Jek Grilish
Klub: "Manchester Siti"
Yoshi: 26 yosh
Transfer qiymati: 100 million yevro

Grilishning hozirgi bozor qiymati uning faoliyatidagi eng yuqori ko'rsatkichdir.  Oxirgi yangilanishdan beri "Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi 35 million yevroga qimmatlashdi.  Jek ayni damda Kevin De Bruyne bilan birga "shaharliklar"ning eng qimmat futbolchisi va ikkinchi eng qimmat ingliz futbolchisi hisoblanadi. Shuningdek, u Premyer-liganing eng qimmat besh futbolchisidan biri hisoblanadi. 


Yozda “Manchester Siti” Grilishni “Aston Villa”dan 117 million yevro evaziga sotib oldi.  Ko'pchilik mutaxassislarning fikricha, "shaharliklar" vinger uchun ortiqcha pul to'lagan.  Jek haqiqatan ham yangi klubida o'z faoliyatini juda yorqin boshlamadi, ammo uni o'zini ko'rsata olishi uchun hali vaqti bor.


Harri Keyn
Klub: "Tottenhem"
Yoshi: 28 yosh
Transfer qiymati: 120 million yevro

Keyn 2020-yil aprelidan beri joriy bozor qiymatida qolmoqda va shuning uchun dunyoning eng qimmat futbolchilari uchligidan biri hisoblanadi.  Garchi u yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lsa ham.  2018-yilning mayidan 2020-yilning apreligacha hujumchi 150 millionga baholangan. Harri hozirda "Tottenhem"ning eng qimmat futbolchisi, Premyer-liganing eng qimmat futbolchisi, Angliyaning eng qimmat futbolchisi va dunyoning uchinchi eng qimmat markaziy hujumchisi. 


Ammo Keynning mavsum boshida unchalik kuchli bo'lmagan o'yinini hisobga olsak, keyinchalik uning o'r pastlab ketishi mumkin.  Premyer-liganing sakkiz o'yinidagi bitta gol 120 million yevrolik hujumchi uchun mos emas.  Ammo kim biladi deysiz, ehtimol Harri tez orada odatdagi darajasiga qaytar.


Erling Holand
Klub: "Borussiya Dortmund"
Yoshi: 21 
Transfer qiymati: 150 million yevro

Holand doimiy ravishda o'yinda ham, transfer qiymatida ham o'sib bormoqda.  Shu kunga qadar hujumchi 20 million yevroga qimmatlashgan.  Futbolchining hozirgi qiymati uning faoliyatidagi eng yuqori ko'rsatkichdir.  Hozirda Erling "Borussiya Dortmund", Bundesliga va Norvegiya terma jamoasidagi eng qimmat futbolchi. 


Bundan tashqari, u dunyodagi ikkinchi eng qimmat markaziy hujumchi va dunyodagi ikkinchi eng qimmat futbolchi. Holandning kelajagi buyuk ekanligiga hech kim shubha qilmaydi. Ayni shu sababli ham Yevropaning bir nechta top klublari Erlingni o'z safiga qo'shib olishga intilishmoqda.


Kilian Mbappe
Klub: "PSJ"
Yoshi: 22 yosh
Transfer qiymati: 160 million yevro

Holanddan farqli o'laroq, Mbappe hamon shu yilning may oyida belgilangan transfer qiymatida qolmoqda.  Bundan tashqari, bu eng yuqori ko'rsatkichlar emas.  2018-yilning dekabridan 2020-yilning apreligacha hujumchi 200 million yevroga baholangan edi. 40 millionga pastlashiga qaramay, Kilian hozirda "PSJ", Liga 1 va Fransiya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi, dunyodagi eng qimmat markaziy hujumchi va shunga mos ravishda dunyodagi eng qimmat futbolchi. 


Hozircha bu reytingda Mbappe peshqadamlik qilmoqda, ammo uning Holand timsolida jiddiy raqibi borligini ham unutmaslik kerak.  Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu yigitlar Ronaldu va Messi davridan keyin yillar davomida "Oltin to'p" uchun kurashda asosiy raqib bo'lishadi.  Ko'ramiz.  Hozirda ham hamma narsa bunga ishora qilib turibdi.


SHAXBOZ Qaxxorov tayyorladi