ONSIDE | Futbol yangiliklari

Yulduzlarga murabbiylikda "non" yo'qmi? Sulsher, Arteta va Lempardning faoliyati haqida

3978 20.11.2021 15:16

Ikki yil avval, 2019-yil dekabr oyida Angliya premyer-ligasining o‘tmishda afsonaviy futbolchilar sanalgan top-klublarida uchta murabbiy bor edi.  Gap “Manchester Yunayted”da Ole-Gunnar Sulsher, “Chelsi”da Frenk Lempard va “Arsenal”da Mikel Artete haqida ketmoqda.  23 oydan so'ng Lempard endi Londonda emas, Sulsherning Manchesterdagi kelajagi tom ma'noda muvozanatdan chiqayotgandek. Arteta jamoasi mavsumning halokatli boshlanishidan keyin biroz tiklanayotganga o'xshaydi, ammo "kanonirlar"ning hozirgi holatida har qanday taxmin nihoyatda asossiz bo'ladi.


Ingliz futbolidagi uchta gigant jamoani deyarli bir vaqtning o'zida sobiq afsonaviy futbolchilarini murabbiylik lavozimiga tayinlashga majbur qilgan nostandart optimizm davri nihoyat tarixga aylanmoqda.


Dastlab, eng katta shubha Ole-Gunnar Sulsherning "Manchester Yunayted"ga tayinlanishi bo'lgan.  Aytgancha, norvegiyalik sobiq futbolchi 18-dekabr kuni Joze Mourinyo iste’foga chiqarilganidan so‘ng “qizil iblislar” ustozi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganida, sanab o'tilgan uch vakil orasida birinchi bo‘lib ish boshladi. 2018-yil.  Ko'pchilik Sulsherni jiddiy qabul qildi, ammo 19 ta boshlang'ich o'yinlardagi 14 g'alaba "Manchester Yunayted" rahbariyatini Sulsherga ushbu lavozimni butunlay topshirishga majbur qildi va nihoyat undan "vaqtinchalik" nomi olib tashlandi.


Sulsherning jamoadagi muvaffaqiyatli starti Premyer-ligadagi boshqa top-klublar rahbarlarining e'tiborini o'ziga qaratgan.  Norvegiyalik murabbiy chindan ham qisqa vaqt ichida "Manchester Yunayted"ga yangilik effektini berdi, bu esa jamoaning natijalariga foydali ta'sir ko'rsatdi.  Tez orada "Chelsi" va "Arsenal" "qizil iblislar" dan o'rnak olishga qaror qilishadi.


2019-yilning 4-iyulida “Chelsi” Frenk Lempard asosiy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.  Quyi ligadagi "Derbi"da o'zini yaxshi ko'rsata olgan yosh mutaxassis kutilmaganda top-klubga ishga joylashdi, agar Lempard avvalroq futbolchi sifatida "ko'klar" safida ajoyib tarixga ega bo'lmaganini hisobga olsak buni tasavvur qilish biroz qiyinroqdek edi.  Ko'p jihatdan o'sha paytda "Chelsi" uchun transfer faoliyati taqiqlangani sababli, ko'plab londonlik muxlislar hali ham Lempardning o'z klubidagi bunday muvaffaqiyatsizliklarini uning aybi deb hisoblashmaydi.


Lempardni tayinlagan "Chelsi" rahbarlari o'sha paytda muxlislarni shunchaki xursand qilishdi va o'zlarini tanqidlar zarbasidan aqlli tarzda olib qochishdi.  Afsonaning qaytishi muxlislar uchun har doim yoqimli jarayondir, bundan tashqari, Frenkga yosh futbolchilar bilan ishlash vazifasi yuklatilib, bunga klub muxlislari ham qanoatlanishgan va transfer taqiqi fonida aynan shunday o'zgarishlar zarurligini tushunishgan.


Oxir-oqibat, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi "Arsenal" ham shu yo'sinda oldinga harakatlanishga qaror qildi.  “Kanonirlar” bosh murabbiylikni Mikel Artetaga topshirishdi. U avvalroq “Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo‘lib ishlagan va futbolchilik davrida “Arsenal”da 150 ta o‘yin o‘tkazgan.  Albatta, Artetni o'z klublarining muxlislari orasida mashhurligini Sulsher va Lempard bilan solishtirish qiyin, ammo ispaniyalik figurani hali ham "Emirates"da juda yaxshi ko'rishar edi.  Bundan tashqari, Arteta o'zining murabbiylik xarakteri bilan "kanonirlar"ga yordam bera oladi, degan fikr hukmron edi. Bu xarakter undan oldingilar murabbiylarga yetishmayotgandek edi, Mikel esa Gvardiola bilan yonma-yon ishlashga muvaffaq bo'lgan murabbiy.  O'zining debyut mavsumida Angliya kubogini qo'lga kiritish "Arsenal"ning xushchaqchaq muxlislarining fikrlarini yanada kuchaytirdi, garchi Premyer-ligada sakkizinchi o'rinni egallab, jamoaning 1994/95-yildan buyon eng yomon natijasini qayd etgan bo'lsa-da, hech qanday keskin norozilikni keltirib chiqarmadi.


Natijada, Lempard bu uchlikda birinchi bo'lib o'z ishini yo'qotdi.  Istiqbolli startdan, shuningdek, yozda tarkibni kuchaytirishga umid qilgandan so'ng, Frenk natijalarni keskin sekinlashtirdi va 2021-yil yanvar oyida Premyer-ligadagi sakkizta o'yindagi ikkita g'alabadan so'ng, "Chelsi"ning afsonaviy sobiq futbolchisi vazifasidan ozod etildi.


Sulsherning "Manchester Yunayted"dagi faoliyatidagi regressiya joriy mavsum boshida yaqqol ko'zga tashlandi.  Norvegiyalik mutaxassis nihoyat “qizil iblislar”ni Chempionlar ligasiga qaytargach, u jamoa muxlislarga g‘ururlanish uchun bundan boshqa sabab bermay qo'ygandek ko'rinmoqda. Lempard singari, Sulsher ham yozda o'z klubining yuqori darajadagi transfer siyosatining qurboniga aylanganga o'xshaydi.  Ko‘pchilik ekspertlar “Manchester Yunayted”ga Krishtianu Ronaldu, Jeydon Sancho va Rafael Varanning kelishi Ole-Gunnar jamoasini chempionlik uchun kurashishga undaydi, deb bashorat qilishgan edi, ammo hozirda “qizil iblislar” maksimal faqat Chempionlar Ligasi yo'llanmasi zonasi uchun kurashishga majbur bo‘lmoqda.



Yaqinda "Liverpul"dan 0:5 hisobidagi halokatli mag'lubiyat, shuningdek, derbidagi "Manchester Siti"dan mag'lubiyat (0:2) Sulsher vaziyatni to'liq nazorat qila olmasligini isbotlaydi va shuning uchun mish-mishlarga ko'ra, klub rahbariyati allaqachon  Krishtianu Ronaldu bilan maslahatlashgan holda Zinedin Zidan bilan muzokaralarni boshlamoqda.


Sulsher va Arteta mos ravishda "Manchester Yunayted" va "Arsenal"dagi o'z lavozimlarini saqlab qolishgan bo'lsada, 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida tarixga kirgan bu jamoalar hozir og'ir ahvolda.  Top-klublar o‘zlarining sobiq afsonaviy futbolchilarini murabbiylikka tayinlashni ma’qul ko‘rgan tendensiya esa barham topayotgandek. Lempardning o'rniga kelgan Tomas Tuxel "Chelsi" bilan faol ravishda yangi cho'qqilarni zabt etmoqda. Zidanning "Manchester Yunayted"ga kelishi haqida ko'p gapirmoqda va Artetaning natijalari ham "Arsenal" nomiga u qadar ham mos kelmaydi.


Shubhasiz, Sulsherning "Manchester Yunayted"ga, Lempardning "Chelsi"ga va Artetaning "Arsenal"ga kelishi faqat ularning bu klublarda futbolchi sifatida erishgan yutuqlari bilan bog'liq.  Chunki bunday tayinlashlarning sabablari maqsadga muvofiqligini ko'rsatadigan ob'ektiv holatlar mavjud emas.  O‘zingiz baho bering: Norvegiyaning “Molde” klubi murabbiyi kutilmaganda “Manchester Yunayted”ga ko‘tarilish uchun nimaga erishdi?  Yoki, ehtimol, Lempard bilan "Derbi" yaxshilangan klubga aylangandir, lekin bu "Chelsi" kabi gigant jamoani boshqarish uchun yetarlimi?  Gvardiolaning yordamchisining kamtarona funksiyasi haqida gapirmasa ham bo'ladi, Mikel Arteta "Arsenal"ga tayinlanishidan oldin faqat pep bilan ishlagani bilan maqtanishi mumkin edi.


Hozirgi Angliya Premyer-ligasining eng muvaffaqiyatli jamoalarini Yurgen Klopp va Xosep Gvardiola kabi taktik liderlar boshqarmoqda. Bu esa avvalgi romantizm asosida muvaffaqiyatga erishib bo'lmasligini isbotlab berdi. Shuning uchun ham “Chelsi” Tuxel uchun Lemparddan voz kechdi, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” esa, shubhasiz, raqiblarining harakatlarini sinchiklab ko'rib, ulardan o'rnak olishni boshlashlari kerak, albatta, agar “qizil iblislar” va “kanonirlar” buni xohlamasalar o'z nomiga mos kelmaydigan jamoalar sirasiga kirib qolishi shubhasiz.


SHAXBOZ Qaxxorov tayyorladi