ONSIDE | Futbol yangiliklari

Lyakazett "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

334 28.11.2021 10:15

"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Fransiyalik futbolchi kelasi yozda erkin agent sifatida London klubini tark etish niyatida, deb xabar berdi Sky Sports.


Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” 30 yoshli fransiyalik futbolchiga 2023-yilning iyun oyi oxirigacha qisqa muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor edi.


Lyakazett 2021/22-yilgi mavsumda “Arsenal” safida 11 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Forvardning “kanonirlar” bilan shartnomasi 2022-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.