ONSIDE | Futbol yangiliklari

Gvardiola Angliyada "Manchester Siti"dan tashqari boshqa klubda ishlamasligini aytdi

1122 28.11.2021 10:39

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliyaning boshqa klublari bilan ishlash niyati yo'qligini aytdi.


"Angliyada men doim "Manchester Siti" bosh murabbiyi bo'lib qolaman. Agar men ketsam va klub meni keyinroq qaytarishni istasa, men qaytaman. Men Angliyaning boshqa klublari bilan ishlamoqchi emasman", - deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Fabritsio Romano TeleFootballga tayanib.


50 yoshli Gvardiola “Manchester Siti”ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Klub bilan birgalikda u uch marta Angliya chempioni bo'ldi, ikki marta Angliya Superkubogi va bir marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, 4 marta Angliya Liga kubogini qo'lga kiritdi.