ONSIDE | Futbol yangiliklari

Fekir "Betis" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi

311 28.11.2021 10:48

"Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekir jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi, deb xabar berdi Mundo Deportivo.


Manbaning xabariga ko'ra, ispan klubi 28 yoshli fransiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlagan. Qayd etilishicha, futbolchi 2025 yoki 2026-yilgacha yangi shartnoma imzolaydi.


Fekir "Betis"da 2019-yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. 2021/22 yilgi mavsumda u jamoa safida 17 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.