ONSIDE | Futbol yangiliklari

FOTO. Odil Ahmedov yana farzandli bo'ldi

1003 21.02.2020 20:56

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov farzandli bo‘ldi. Bu haqda futbolchi haqida yozadigan fan kanal xabar berdi. Unda yozilishicha, milliy terma jamoa sardori qizli bo‘lgan.
 

Shu tariqa Odil Ahmedovning farzandlari soni 4 nafarga yetdi. Bungacha futbolchining oilasida ikki nafar o‘g‘il (Shohruz va Behruz) va bir nafar qiz (Shirinabonu) tug‘ilgandi.


Ma’lumot uchun, 2007-yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynab kelayotgan Odil Ahmedov bosh jamoa safida 20 ta gol urgan. Faoliyati davomida "Navbahor", "Paxtakor", "Anji" va "Krasnodar" kabi jamoalarda harakat qilgan Ahmedov 2017-yildan buyon Xitoyning "Shanhay SIPG" klubida o‘ynamoqda.