
"PSJ" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Parij klubi rahbariyati futbolchining vakillari bilan doimiy aloqada. Bu haqda jurnalist Adrien Grenier xabar berdi.
"PSJ" rahbarlari Reshfordni Kilian Mbappening o'rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko'rishmoqda. Fransiyalik futbolchi yozda "Real"ga o'tadi.
Transfermarkt Reshfordni 85 million yevroga baholamoqda.