ONSIDE | Futbol yangiliklari

"MYU"ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum

3585 29.01.2022 11:01

"Manchester Yunayted" uzoq vaqtdan beri "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Raysni "nishonga olgan". Yosh ingliz futbolchisi "Manchester Yunayted"ning kelasi yozdagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

 

Manchester Evening News xabariga ko'ra, Raysning transferi Manchester klubiga kamida 100 million funt sterlingga tushadi. "Bolg'achalar" savdolashmaydi va bu miqdor bilan boshlanmaydigan variantlarni ko'rib chiqmaydi.

 

Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Manchester Yunayted" o'z hujumchisini yo'qotishi mumkin.