ONSIDE | Futbol yangiliklari

Sterling uchun asosiy nomzodlar ma'lum

3019 29.01.2022 11:16

"Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan. Futbolchi shartnomani uzaytirish borasida “shaharliklar” rahbariyati bilan aloqada, ammo baribir klubni tark etishi mumkin. Amaldagi shartnoma muddati 2023-yilning iyunida tugaydi.

 

Britaniya matbuoti xabariga ko'ra, ingliz futbolchisining xizmatlariga "Real", "Barselona" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt Sterlingni 85 million yevroga baholamoqda.

 

Sterling joriy mavsumda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.