
"Everton" "Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik bilan o'z safini kuchaytirishga qarshi emas. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Klub futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
Avvalroq, "Chelsi" ham Loftus-Chikdan qutulishga qarshi emasligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Transfermarkt 26 yoshli angliyalik futbolchini 20 million yevroga baholamoqda.