ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Yuventus" "Aston Villa"ning birinchi taklifini rad etdi

602 29.01.2022 14:02

"Aston Villa" yarim himoyachi Rodrigo Bentankur transferi borasida "Yuventus" bilan muzokaralar olib bormoqda. Ingliz klubining birinchi taklifi rad etildi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Qayd etilishicha, "Aston Villa" futbolchi uchun 25 million yevro to‘lashga tayyor edi. Ko'rinib turibdiki, "Yuventus" bu miqdorni yetarli emas deb hisoblagan.