ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Real" "Bavariya" hujumchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

5639 29.01.2022 14:10

Madridning "Real" klubi "Bavariya" vingeri Serj Gnabrini sotib olmoqchi. Bu haqda ispan matbuoti ma'lum qiladi. Madrid klubi futbolchining transferini shu yozda amalga oshirishni rejalashtirgan. Gnabri va "Bavariya" o'rtasidagi shartnoma 2023-yilning yozida yakuniga yetadi.


Transfermarkt 26 yoshli nemis futbolchisini 70 million yevroga baholamoqda. Gnabri joriy mavsumda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.