
"Atletiko" "Aston Villa" himoyachisi Metti Kesh bilan bog'landi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Madridliklar zudlik bilan himoyaning o'ng qanotidagi futbolchini sotib olmoqchi.
Transfermarkt 24 yoshli futbolchini 22 million yevroga baholamoqda. Kesh joriy mavsumda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.