
Xabaringiz bor, oldinroq terma jamoamiz aʼzolari Ibrohimhalil Yoʻldoshev va Odiljon Hamrobekovda Covid-19 infeksiyasi aniqlangan edi. Kuni kecha futbolchilarimiz qayta test topshirishdi. Quvonarlisi, ularning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi. Shifokorlar koʻrigidan soʻng, karantindan chiqishga va mashgʻulotlarni davom ettirishga ruhsat berildi.
Shuningdek, delegatsiyamizning qolgan aʼzolari ham navbatdagi PTSR testlarini topshirdilar. Unga koʻra, futbolchimiz Abubakr Rizo Turdialiyevning test natijasi musbat ko’rsatdi. Shuni taʼkidlash kerakki, ayni paytda futbolchimiz o’zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari koʻzga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda u yakkalangan holda karantin oʻtamoqda.