
"Yuventus" "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinyoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar beradi. Turin klubi futbolchini yozda o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Jorjinyo va "Chelsi" o'rtasidagi shartnoma 2023-yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt 30 yoshli italiyalik futbolchini 45 million yevroga baholamoqda. Jorjinyo joriy mavsumda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.