ONSIDE | Futbol yangiliklari

Manba: Pogba bir shart bilan "MYU"da qoladi

3744 29.01.2022 15:17

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Manchester Yunayted"da qolishga tayyor. Buning uchun klub yagona shartni bajarishi kerak. Bu haqda Britaniya matbuoti ma'lum qiladi.
"Manchester Yunayted" Ralf Rangnikni bosh murabbiy sifatida qoldirishi kerak. Fransiyalik futbolchi germaniyalik mutaxassis bilan ishlayotganidan juda mamnun.


Ma'lumot uchun, Rangnik "Manchester Yunayted"da vaqtinchalik murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. Bu lavozimiga asosiy nomzod sifatida Maurisio Pochettino va Erik ten Xaag qaralmoqda.