ONSIDE | Futbol yangiliklari

Manba: Saloh Londonga qaytishi mumkin

6144 29.01.2022 15:23

"Chelsi" "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Misrlik futbolchi hali mersisaydliklar bilan shartnomani uzaytirgani yo'q. “Liverpul” bilan kelishuv 2023-yilning iyunida yakuniga yetadi. Britaniya matbuotiga ko'ra, "Chelsi" to'purarni qaytarmoqchi.


Transfermarkt Salohni 100 million yevroga baholamoqda. Eslatib o'tamiz, Saloh 2014-yildan 2016-yilgacha "Chelsi"da o'ynagan, shundan so'ng "Roma"ga o'tgan edi.