ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Liverpul" "Portu" hujumchisi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

1748 29.01.2022 16:12

"Liverpul" "Portu" hujumchisi Luis Dias bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano. Manbaga ko'ra, 25 yoshli kolumbiyalik ingliz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. “Liverpul” va “Portu” yaqin orada transferni amalga oshirishi mumkin.


Hujumchi joriy mavsum “Portu” safida 28 o‘yinda 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq, "Liverpul" Dias uchun 65 million yevro taklif qilgani xabar qilingan edi.