ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Bavariya" "MYU" hujumchisi bilan shartnoma imzolamoqchi emas

1430 27.05.2022 20:17

"Bavariya" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni sotib olmoqchi emas. Avvalroq OAVda myunxenliklar angliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


"Bavariya" vakillarining fikricha, Markus hozirda o'zining eng yaxshi formasidan juda yiroq va zaxira futbolchisiga aylanib bormoqda. Qolaversa, futbolchining o'zi ham "Manchester Yunayted"da qolib, avvalgi holatiga qaytishni istamoqda.