ONSIDE | Futbol yangiliklari

Kroos: "Liverpul" hozir 2018-yildagidan kuchliroq"

1416 27.05.2022 20:42

"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos Chempionlar ligasi finali oldidan "Liverpul"ning hozirgi haqida gapirdi.


"Rostini aytsam, “Liverpul” hozir 2018-yildagidan kuchliroq deb o‘ylayman. Ular yana bir nechta shartnoma imzolash orqali o'zlarining eng yaxshi futbolchilarini saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi. O'ylaymanki, barqarorlik nuqtai nazaridan bu Yevropaning joriy mavsumdagi eng yaxshi jamoasi. Lekin bizda faqat bitta o'yin bo'ladi. Imkoniyatlar teng", - deydi Kroos.


"Liverpul" va "Real" o'rtasidagi Chempionlar ligasi finali ertaga, 28-may kuni bo'lib o'tadi. uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.