
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante "Barselona"ning nishoniga tushdi. Kataloniya klubi ushbu yozda fransiyalik futbolchini qo'lga kiritishga harakat qiladi. Kante transferini amalga oshirish uchun "ko'k anornalar" "PSJ" bilan raqobatlashishi kerak bo'ladi. Qolaversa, “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag ham Ngoloni “qizil iblislar” safida ko'rishni istamoqda.