ONSIDE | Futbol yangiliklari

AGMK o'z uyida g'olib, "Navbahor" legionerlar evaziga 3 ochkoli, "Bunyodkor" esa Surxonda mag'lub. Superliga 11-tur yakunlari (revyu)

2629 03.06.2022 18:28

O'zbekiston “Coca-Cola” Superligasida 11-tur bahslari ham yakunlandi. Bir qancha qoldirilgan bahslar tufayli bu turda avvalgilariga qaraganda biroz kamroq o'yin o'tkazildi. Ushbu turda qaysi jamoalarga omad kuldi, qaysi jamoalare ochko yo’qotdi? An'anamizga ko'ra, bularning barchasi bilan sizlarni tanishtirib o’tamiz. Demak, boshladik!

 

"Navbahor" 2:0 "Lokomotiv"

Namanganda bo'lib o'tgan ushbu dramatik bahsda mezbonlar safida gollarga legionerlar Zoran Marushich va Elguja Grigalashvili mualliflik qildi. Mehmonlarga esa bu o‘yinda gol urish nasib etmadi. Mazkur natijadan so‘ng "Navbahor" ochkolari sonini 20 taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi. "Lokomotiv" hisobida 12 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 8-pog‘onani band etgan.

 

AGMK 3:1 "Neftchi"

Olmaliqning AGMK jamoasi g'alaba qozonishda davom etmoqda. Ushbu bahsda ham mezbonlar safida gollarga Murod Toshmatov, Muhsin Ubaydullayev (avtogol) va Xurshid Gʻiyosov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona va super goli Sirojiddin Qo‘ziyev hisobiga qayd etildi. Shu tariqa, AGMK ochkolari sonini 20 taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. "Neftchi" hisobida 9 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 11-pog‘onani band etgan.

 

"Qo‘qon-1912" 1:3 "Qizilqum"

 

Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. Navoiyliklar safida gollarga Temurxo‘ja Abduxoliqov, Aleksandar Stanisavlevich va Pol Komolafe mualliflik qildi. Maydon egalarining yagona va super goli esa Javohir Siddiqov hisobiga qayd etildi. Shu tariqa, "Qizilqum" ochkolari sonini 20 taga yetkazib, 4-o‘ringa chiqib oldi. "Qo‘qon-1912" hisobida 10 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 10-pog‘onani band etgan.

 

“Surxon” 1:0 “Bunyodkor” 

 

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi muxlislarni bu safar ham ranjitishda davom etmoqda. Jamoa ushbu turda ham mag'lubiyatga uchradi. O'yinning 27-daqiqada Zoir Jo‘raboyev tomonidan kiritilgan yagona gol termizliklarga muhim g‘alabani taqdim etdi. Yakuniy hisob – 1:0. Mazkur natijadan so'ng "Bunyodkor" ochkolari sonini 12taga yetkazib oldi va 9-pog'onani band etdi. "Surxon" esa 9 ochko to'plagan holda 11-o'rinda bormoqda.

 

Qoldirilgan uchrashuvlar

 

 

11-turdan so'ng musobaqa jadvali quyidagi ko'rinishda

 

 

Shu tariqa, 11-tur uchrashuvlari yakun topdi. Superliga bu mavsum shiddatli raqobati va chiroyli o'yinlari bilan boshqalaridan ajralib turmoqda. Shunday ekan, uni kuzatish har bir futbol muxlisiga zavq bag'ishlashi aniq. Bizdan uzoqlashmang!

 

Durdona Yo'ldosheva tayyorladi