ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Barsa" "Bavariya"ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor

1492 02.07.2022 19:15

"Barselona" "Bavariya"ning moliyaviy talablarini qondirgan holda, Robert Levandovski uchun 60 million yevro to'lashga tayyor. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar berdi. Tez orada "Barsa" polshalik hujumchi uchun to'rtinchi taklifini kiritadi.


Kataloniyaliklar bu yozda sifatli transfer mavsumi uchun katta miqdorda pul yig'ishga muvaffaq bo'lishdi. Bu ularning televizor huquqlarining 10 foizi Amerikaning "Sixth Street" sarmoyaviy kompaniyasiga 207,5 million yevroga sotilganidan keyin mumkin bo‘ldi.