ONSIDE | Futbol yangiliklari

Yaya Ture: "Men ham uning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga ishonaman"

1818 02.07.2022 19:41

"Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture "Oltin to'p"ni Sadio Mane qo'lga kiritishiga umid qilmoqda. Eslatib o'tamiz, Sadio yaqinda "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tgan edi.


"Mane bir top-klubdan boshqasiga o'tdi, Qatardagi Jahon chempionati esa hali oldinda. Sadio jamoasiga yana ko'p foyda keltirishi mumkin. U ajoyib futbolchi va shaxs, men uni shaxsan bilaman. Sadio juda mehnatkash va kuchli inson.


Unga faqat muvaffaqiyatlar tilayman, ishonchim komilki, u "Bavariya"da ham, Jahon chempionatida ham ajoyib o'yin ko'rsatadi. Men ham uning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishiga chin dildan ishonaman", - deydi Ture.