
Yarim himoyachi Anxel Di Mariya Turinning "Yuventus" klubiga o'tdi. Kelasi hafta boshida yarim himoyachi Turinga uchib ketadi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda. Di Mariya avval "PSJ", "Manchester Yunayted", "Real" va "Benfika" klublarida o'ynagan. Anxelning Turinliklar bilan shartnomasining moliyaviy tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.