ONSIDE | Futbol yangiliklari

"MYU" "Ayaks" himoyachisi uchun taklif bilan chiqdi

902 02.07.2022 20:06

"Manchester Yunayted" "Ayaks" himoyachisi Lisandro Martines uchun taklif bilan chiqdi. Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted" "Ayaks"ga 41 million yevro kafolatlangan to'lov va 4 million bonus taklif qilgan. Avvalroq klub 40 million yevro taklif qilgandi. "Ayaks" bu taklifni rad etishi mumkin, chunki ular 24 yoshli futbolchi uchun kamida 50 million yevro talab qilgan.