ONSIDE | Futbol yangiliklari

O'zbek futbolining o'n kelajagi!

3695 21.07.2022 18:21

23 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi Osiyo chempionatida futbolchilarimizning o’yinlarini kuzata turib,ko’nglimiz ancha xotirjam bo’ldi. Chunki,yigitlarimizning maydonda qilayotgan ishlari ochig’i tahsinga sazovor. Butun o’zbek futboli ishqibozlari kelgusida Timur Kopadze shogirdlarini terma jamoamizdan o’z o’rinlarini topa olib,millychilarimizni mundial sari olg’a boshlay olishiga ishonishmoqda. Bugun so‘z ochadigan mavzumiz esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining kelajagi sifatida qaralayotgan futbolchilar haqida bo‘ladi.

Abduvohid Ne’matov

 

2001- yilda Jizzaxda tug‘ilgan futbolchi “Nasaf” jamoasining asosiy posboni hisoblanadi. Darvozabon superligadagi ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarning mehrini qozonib ulgurgan. Yurtimiz mezbonlik qilgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ham Neʼmatov chorak finalgacha bo‘lgan o‘yinlarda olimpiya jamoamiz darvozasini qo‘riqladi. U yog‘iga nima bo‘lganidan esa yaxshi xabaringiz bor. Osiyo chempionatida bizning minusimizga ishlagan epizod o‘z yo‘liga lekin,Neʼmatovning iqtidoriga hech qanday shubha yo‘q. O‘ylaymizki, posbon o‘z ustida ishlab kelgusida terma jamoamizning ishonchli darvozaboniga aylanadi.

Alibek Davronov

 

“Nasaf”ning 19 yoshli himoyachisi shu vaqtga qadar O‘zbekiston chempionatida 10 tadan ortiq o‘yin o‘tkazdi. Yosh bo‘lishiga qaramay klub bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev futbolchiga OCHL va OFK kubogi bahslarida ham imkoniyat berdi. “Nasaf”da futbolchiga muhim pozitsiya himoya markazi ishonib topshriligan. Alibek Davronov vaqti-vaqti bilan hujumda ham ko‘rinish beradi. Shuningdek anchagina tartibli o‘yin ko‘rsatadi. Futbolchini bemalol kelgusida termamiz himoyasi uchun munosib nomzod deya ayta olamiz.

Ulug‘bek Hoshimov

 

“Neftchi” klubining 21 yoshli hujumchisi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidagi o‘yinlari bilan barchamizning yodimizda qoldi. Ulug‘bek haqiqatda hujumchilarga xos xususiyatga ega. Gavdasidan unumli foydalana oladi,bo‘yi uzun bo‘lganligi bois ikkinchi qavatda ham xavfli. Sovuqqonlik ham yetarlicha. Hoshimov kelgusida termamiz hujum chizig‘ida harakatlanayotgan Eldor Shomurodov uchun muqobil variant bo‘lishi shubhasiz.

Abbosbek Fayzullayev

 

“Paxtakor”ning 18 yoshli futbolchisini ham biz Osiyo chempionatida kashf etdik. Timur Kopadze Abbosbekdan chempionat davomida sirli qurol sifatida foydalangani bor gap. Kichik jussali futbolchi bo‘lishiga qaramay Fayzullayevda kurashavuchanlik qobiliyati yaxshi shakllanganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, yosh bo‘lishiga qaramay juda tartibli,foydali o‘yini orqali Abbosbek muxlislarning sevimlilaridan biriga aylanib ulgurdi.

Odil Abdumajidov

 

Qozog‘istonning “Ordabasi” klubida ijara asosida to‘p tepayotgan futbolchi hozirda 21 yoshda. Odilbekning o‘yini haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u raqib hujumlarida buzishda anchagina faol futbolchi. Shuningdek, jarima zarbalarini ham juda yaxshi tepa oladi. O‘zbek futboli Odil ismli futbolchilar bilan yaxshi xotiralarga ega. O‘ylaymizki Abdumajidov ham kelgusida o‘zbek futboli uchun foydali natijalarni qayd etadi.

Jasur Jaloliddinov

 

Tom ma‘noda lider. Kichik jussali bo‘lishiga qaramay juda ham kurashuvchan. To‘p bilan ko‘proq ishlashni yoqtiradi. Osiyo chempionati orqali biz Jasurnining asl potensialini ko‘rishga musharraf bo‘ldik. U olimpiyachilarimizning sardori sifatida butun dunyoga tanila oldi. Jasurning jarima zarbalarini qoyillatishiniku aytmasa ham bo‘ladi. Jasur Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qaytganidan xabaringiz bor. O‘ylaymizki, navoiylik yosh iqtidor egasi olimpiyachilarimizni olimpiadaga olib chiqish,shuningdek terma jamoamizni mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kabi muhim vazifalarida ham o‘zining beqiyos hissasi bilan futbolimiz ixlosmandlari ishonchlarini oqlaydi. Bu yo‘lda jasurga omad tilaymiz.

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev

 

Hozirda 21 yoshli futbolchimiz Rossiyaning “Nijniy Novgorod” klubida to‘p tepmoqda. O‘zbek futboli muxlislari Yo‘ldoshevni kelgusida terma jamoamiz himoyasi uchun munosib nomzod sifatida ko‘rishmoqda. Transfermarkt futbolchimizning narxini salkam 1 mln yevroga baholamoqda. Rossiyada yangi mavsum start odi. Yo‘ldoshev chinakamiga jamoasining ishonchli vakiliga aylanib,o‘z potensialini ko‘rsata olishiga umid qilamiz.

Husayn Norchayev

 

“Nasaf”ning 20 yoshli futbolchisi Norchayevni muxlislar 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatigacha ham yaxshi tanishardi. Chunki superligadagi yorqin o'yinlari bilan Husayn o'zini ijobiy tomonlama ko'rsatishga ulgurgandi.  Hujumlarni bog'lash va so'nggi nuqtani qo'yishda Norchayev anchagina faol va ishonchli. Joriy mavsum Norchayev superligada 11 ta o'yinda maydonga tushib 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda ajoyib iqtidor sohibi,terma jamoamizning haqiqiy kelajagi. Norchayevdan ham o'zi o'rgatib qo'ygani kabi yuqori temp va yorqin o'yinlarni kutib qolishda davom etamiz.

Hojimat Erkinov

 

Iqtidorli futbolchimizni Osiyo chempionatidagi o'yinidan so'ng "sovchilari" ko'payib qoldi va Hojimat yangi mavsumni RPLda boshlaydigan bo'ldi. Endi biz Rossiyaning “Torpedo” klubiga ham muxlislik qilamiz. 23 yoshli yarim himoyachimizning qobiliyati va uning maydondagi ustunlik taraflarini yaxshi bilamiz. Hujumlarni tashkil qilish va o'yin davomida keskinlikni oshrishda Hojimat ancha benazir. Shuningdek individual harakatlar bobida ham Hojimat anchagina yaxshi shakllangan futbolchi.  

Oston O'runov

 

Ostonning o'yinlari barchamizga yaxshi ma'lum. Rostini aytganda o'zbek futboli doim Oston kabi kurashuvchan,yakkurashlarda ham aksariyat hollarda yutib chiqadigan kadrga ehtiyoj sezib kelgan. Biz Ostonning iqtidori va uning qobiliyatiga aslo shubha qilmayzmiz. Ammo so'nggi paytlarda O'runov tizimli ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayaotganidan biroz xavotirdamiz. Raqobat kuchli bo'lgan va futbolchimizga yetarli o'yin amaliyoti bermaydigan “Spartak”dan ko'ra,rosti O'runovning o'zimizning ligaga qaytishi juda yaxshi holat. Boz ustiga Superligamizda so'nggi yillarda raqobat ancha kuchaygan. O'ylaymizki, Ostonning xorijga safari uchun hali yetarlicha imkoniyat bo'ladi. Kerak bo'lsa Yevropaning top-5 chempionatlarida O'runovni ko'rishimiz hech gap emas.

 

 

Shaxzod SHUKUROV tayyorladi