ONSIDE | Futbol yangiliklari

Grandlar falsafasiga to'g'ri kelmaydigan Ronaldu!

7513 31.07.2022 10:35

Bir yil oldin Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytgandi. Bu holat juda chiroyli va iliq edi qarshilangan, "Uyga xush kelibsiz" deya yozilgan muxlislarining yoqimli plakatlari, gollar kiritilgandan keyin baland ovozda "Siiii" deb hayqirish holatlarini futbol jamoatchiligi yaxshi eslaydi. 

 

Chempionlar ligasi zonasiga kirish uchun Ronalduning jasoratlari yetarli bo'lmadi - Premyer-ligadagi raqobat juda yuqori. "Manchester Yunayted"ni yangilash ishlari boshlandi - birinchi navbatda  Erik ten Xag ya'ni Yevropadagi eng istiqbolli murabbiylardan biri jamoaga olib kelindi. Kristian Eriksen va Lisandro Martines bilan shartnoma imzolandi va yangi loyihaning dastlabki poydevori qo'yildi. Ko'rinishidan, bu tarkib Ronaldu uchun ajoyib notada faoliyatini yakunlashi uchun yaxshi imkoniyatlarni taqdim eta oladi. Yoshlik chog'ida Ronaldu nom qozongan "Manchester Yunayted"ning qayta tug'ilishi uning buyuk futbolchilik karyerasi uchun ajoyib final bo'lardi.

 

Ammo Krishtianuning fikri boshqacha!

 

Iyun oyida portugaliyalikning "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqala boshlagan edi. Sababi - Chempionlar ligasida o'ynash istagi. The Athletic xabariga ko'ra, Ronaldu ayniqsa turnirda Messidan farq borligidan xavotirda - u Chempionlar ligasi guruh bosqichida Lionelni ortda qoldirishni istaydi (hozirda guruh o'yinlarida Ronalduda 73, Leoda 76) gol bor. Turnirning umumiy to'purarlar reytingda portugaliyalik 15 ta gollik farq bilan peshqadam. 

 

Ronaldu top-klublar uchun yuk
 

KriRo bazada tez-tez paydo bo'lmaydi. U allaqachon mavsumoldi tayyorgarlikdan voz kechgan, uning yoshida bu eng salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, jamoa sifatida ham bu holat salbiy rol o'ynaydi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ayni paytda Ronaldu Erik ten Xag bilan ijobiy suhbatlashgan va portugaliyalik murabbiyni "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimiga to'g'ri keladigan shaxs deb hisoblaydi. Gollandiyalik o'z navbatida Krishni jamoada qolishga ko'ndirishga harakat qiladi. Lekin Ronaldu o'z munosabati bilan uning uchun jamoa muvaffaqiyatidan ko'ra shaxsiy ko'rsatkich muhimroq ekanini ko'rsatmoqda. 

Muammo shundaki, Ronaldu bunday xatti-harakati bilan o'zini transfer bozorida sharmandali holga solib qo'ydi. Krishtianu Chempionlar ligasida g'alaba uchun kurashadigan top-klubga o'tishga umid qilmoqda. Muammo shundaki, zamonaviy gigantlarning stilistik xususiyatlari va Ronalduning yoshi tufayli u deyarli hech kimga kerak emas. Bu muxlislarning fikr-mulohazalaridan ham ayon. Romano Krishning agenti Jorje Mendesh "Chelsi", "Bavariya" va "Atletiko" bilan muzokara olib borishga harakat qilayotganini yozgan. 

 

"Albatta, men boshqa hujumchi bilan shartnoma imzolashni istisno etmayman, lekin umuman olganda bu biz uchun u qadar muhim emas. Hozirda ustuvor vazifa himoyani mustahkamlash, bu hech kimga sir emas”, dedi “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel iyul oyida. Boshqa ma'lumotlarga ko'ra, nemis mutaxassisi portugaliyalikning jamoaning taktik modeliga to'g'ri kelmasligi sababli transferga shaxsan to'sqinlik qilgan.

 

“Shaxsan men Krishtianu Ronalduni sayyoramizdagi eng buyuk futbolchilardan biri deb hisoblayman. Ammo shunday xulosaga keldikki, har qancha hurmat qilsak ham, hozirgi vaziyatda Ronaldu "Bavariya" falsafasiga to‘g‘ri kelmaydi", — degan "Bavariya" bosh direktori Oliver Kan.


"Atletiko"dagilar transfer haqidagi xabarlarga keskin munosabat bildirishdi. Klub muxlislari o‘rtoqlik o‘yini chog‘ida bir qator bannerlar osib qo‘yishdi va klubning xalqaro muxlislar bazasi keskin bayonot bilan chiqdi: “Ronaldu “Atletiko”ning o‘ziga xos qadriyatlariga mos kelmaydi. Krishtianu Ronaldu kabi futbolchi bizni chempionlikni qo'lga kiritishimizga yordam bersa ham, biz uni qabul qilmaymiz".

 

Ronalduning boshqa variantlari ham bor. Masalan, "Napoli" uni o'ziga jalb qila oladi. Ammo Krishtianuning yuqori maosh talablari (yiliga 8 million yevro) tufayli bu transfer deyarli real emas deb hisoblandi.


Yana bir variant - KriRo faoliyatini boshlagan vatani "Sporting"ga qaytish. Ammo bu klubda uning Chempionlar ligasida porlay olishi dargumon. Ha, va bu yerda moliyaviy holat ham unchalik yaxshi emas. 

Jiji Buffon va Zlatan Ibrahimovich birorta ham Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonmagan holda tarixga kirishdi, Stiven Jerrard hech qachon chempionlikni qo'lga kiritmagan Premyer-liga tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biriga aylandi, Messi va Ronaldu jahon chempionatida g‘olib chiqmasdan faoliyatini yakunlashiga bir qadam qoldi.

 

Katta ehtimol bilan, tarix Krishtianuning bundan keyin Chempionlar ligasida uradigan bir nechta gollarini ham unutib qo'yadi. Ammo futbol jamoatchiligi u o'z shaxsiy manfaati uchun unga ishongan klub yuziga oyoq qo'yayotganini unutmaydi.


 

Shaxzod Shukurov tarjimasi