ONSIDE | Futbol yangiliklari

Ronaldu depressiyadami? Mashhur psixolog Krishtianu bilan uchrashuv haqida gapirdi: "Uning hayotida muammolari bor"

5897 04.10.2022 20:37

Dunyoga mashhur klinik psixolog Jordan Peterson jurnalist Pirs Morgan bilan suhbatda “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashuvi haqida gapirdi. Petersonning so‘zlariga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik unga yordam so‘rab murojaat qilgan.


"Krishtianu meni o'z uyiga taklif qildi", dedi Peterson.

 

Bir necha oy oldin uning hayotida muammolar bor edi va uning do'sti unga videolarimni yubordi. Keyin Ronaldu mening kitoblarimdan birini o'qib chiqdi va men bilan gaplashmoqchi bo'ldi. Men uning oldiga keldim va biz ikki soatcha suhbatlashdik. Krishtianu menga doimiy yaxshi holatda bo'lish uchun foydalanadigan barcha jihozlarini ko'rsatdi. Biz asosan uning kelajakda nimalarni xohlayotgani va u duch kelgan ba'zi qiyinchiliklar haqida gaplashdik".

 

Krishtianuning muxlislari Petersonning so'zlariga xavotir bilan munosabatda bo'lishdi - endi ular o'zlarining kumirlari depressiyadan aziyat chekayotganini taxmin qilishmoqda. Tvitterda "Ronaldu tushkunlikka tushdi" degan ko'plab postlar mavjud.


 

“Krishtianu Ronaldu tushkunlikka tushdi va bu o'zini namoyon qila boshladi. U hayotidagi eng yaxshi daqiqalarni boshdan kechirmayapti. Men unga salomatlik tilayman. Hayot futbolchilik karyerasidan muhimroqdir".


“Jordan Peterson nima uchun Krishtianu Ronaldu uni suhbatga taklif qilganini tushuntirdi. U tushkunlikka tushgan, odamlar uni tinchlantirishlari kerak. U ham hammamiz kabi insondir”.


 

“Ronaldu tushkunlikka tushgani haqidagi xabar kunimni butunlay barbod qildi. Xayrli tun".

 

G'arbda Peterson yaxshigina obro'ga ega. Xususan, u “Maʼno xaritalari: iymon meʼmori” va “Hayotning 12 qoidasi: betartiblikka qarshi vosita” kitoblari muallifi hisoblandi.





 

Shaxzod SHUKUROV tarjimasi