ONSIDE | Futbol yangiliklari

Reshford "MYU"ning Yevropa ligasidagi rekordini o'rnatdi

1153 07.10.2022 08:57

Hujumchi Markus Reshford “Manchester Yunayted” tarixida Yevropa ligasi o‘yinida zaxiradan maydonga tushib gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi.

 

Bir kun avval Reshford “Manchester Yunayted”ga "Omoniya"ni mag‘lub etishga yordam berdi. Markus dubl qayd etdi va Antoni Marsiyalning gol urishiga yordam berdi.

 

Qo‘shimcha qilamizki, “Manchester Yunayted” Kiprda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.